
2025-yilning birinchi choragida «Toshkent» respublika fond birjasining sof foydasi 4,6 milliard so‘mga yetdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portali ma’lum qilindi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 226 baravar ko‘p. Birja o‘tgan yilning birinchi choragida 20,2 million so‘m foyda ko‘rgandi.
Bunda birjaning tushumi 1,8 milliard so‘mdan 6,9 milliard so‘mgacha, foiz shaklidagi daromadlari esa 0,7 milliard so‘mdan 2,1 milliard so‘mgacha oshgani muhim omil bo‘ldi.
Shuningdek, birinchi chorakda birjadagi umumiy savdo hajmi 1,5 trillion so‘mni, tuzilgan bitimlar soni esa 114 309 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkichlar 171,9 trillion so‘m va 133 638 ta bitim bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 18-apreldan 25-aprelgacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 1,2 foizga oshgani haqida yozgandi.