Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining muhim obyektlari qurilishi boshlandi
eʼlon qilindi
Umumiy uzunligi 532,53 kmni tashkil qiladi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li doirasida muhim obyektlar qurilishi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Marosimda O‘zbekiston Transport vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» vakillari ishtirok etdi. Loyihada uzunligi 10 kmdan ortiq 3 ta tunnel – Norin (12,5 km), Qo‘shto‘ba (13,2 km) va Farg‘ona tog‘ tunneli (12,2 km) qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro temir yo‘lning umumiy uzunligi 532,53 km bo‘lib, mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq temir yo‘l transportida uch oyda uch millionga yaqin yo‘lovchi tashilgani haqida yozgan edik.