
UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining ilk bahsi PSJ va «Arsenal» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin parijliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin taqdirini birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari hal qildi. 6-daqiqadayoq Usmon Dembele kuchli zarba bilan to‘pni uzoq burchakka yo‘lladi va hisobni ochdi — 0:1.
Bukayo Saka bir necha bor gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq Donnarumma zarbalarni qaytardi va ofsayd qayd etildi. Birinchi bo‘lim oxiriga kelib maydonda keskin kurash boshlandi. Trossard, Hakimi va Saka ogohlantirildi, Martinelli esa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni tenglashtirishga yaqin bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda «Arsenal» bosimni kuchaytirdi. 48-daqiqada Mikel Merino standart vaziyatdan keyin bosh bilan gol urdi, biroq VAR ofsaydni aniqlab, golni bekor qildi.
Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuvi 8-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, bugun soat 00:00 da yana bir yarim final o‘yini «Barselona» — «Inter» uchrashuvi o‘tkaziladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlari 9-aprel kuni boʻlib oʻtgani haqida yozgandi. Unda «Barselona» oʻz maydonida «Borussiya Dortmund»ni yirik hisobda magʻlub etgan boʻlsa, Parijda «PSJ» va «Aston Villa» oʻrtasida keskin va dramatik bellashuv boʻldi.