
2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi 333,5 trln so‘mga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika agentligi xabar berdi.
Yil davomida bu ko‘rsatkich 6,8 foizga oshdi. 2024-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 276,9 trln so‘mga o‘sgan edi.
Joriy yilda respublika iqtisodiyotining o‘sishiga iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari o‘sishi ta’sir ko‘rsatdi. Xizmatlar sohasi YIM tarkibida 55,9 foizdan 56,1 foizga, sanoat 27,8 foizdan 27,9 foizga o‘sdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edi.