AirPlay xakerlarga Wi-Fi orqali qurilmalarni buzib kirishga imkon beradi

eʼlon qilindi
Buzg‘unchilar faqatgina ayni Wi-Fi tarmog‘iga ulanish orqali qurilmalarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin
AirPlay xakerlarga Wi-Fi orqali qurilmalarni buzib kirishga imkon beradi / Foto: Blocks / Unsplash

AirPlay texnologiyasida — mediafayllarni simsiz tarzda televizorlar va karnaylarga uzatish uchun qo‘llaniladigan tizimda jiddiy zaifliklar aniqlandi. Bu haqda Wired nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur zaifliklar orqali xakerlar qurilmalarga faqatgina shu Wi-Fi tarmog‘iga ulanib olish orqali kirishlari mumkin. Bu holat, masalan, kafelar yoki aeroportlar kabi jamoat joylarida ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin.

Mazkur tizimdagi «teshiklar» orqali qurilmaga zararli dasturlar, josuslik dasturi yoki hatto tovlamachi viruslar (ransomware) o‘rnatilishi mumkin. Natijada butun dunyo bo‘ylab millionlab qurilmalar, jumladan, Apple’ning iPhone va MacBook’lari, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning texnikalari xavf ostida qolmoqda.

Oligo kompaniyasi texnik direktori Gal Elbazning ta’kidlashicha, bu muammoni to‘liq bartaraf etish yillarni talab qilishi mumkin, chunki AirPlay juda ko‘p qurilmalarga chuqur integratsiyalashgan.

Apple allaqachon tadqiqotchilardan ogohlantirish olgan va xavfsizlik yangilanishlarini chiqargan. Kompaniya, shuningdek, ushbu texnologiyadan foydalanadigan hamkorlari uchun ham maxsus tuzatishlar ishlab chiqqan.

https://uz.kursiv.media/uz/2025-04-25/apple-ishlab-chiqarishni-hindistonga-kochirmoqchi/Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chirmoqchiligi haqida yozgan edik.

Shuningdek