Yangiliklar

Aprel oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 10,1 foizga pasaydi

Iste’mol narxlari bir oyda 0,7 foziga tushdi
inflyatsiya
Aprel oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 10,1 foizga pasaydi / Foto: eamesBot / depositphotos.com

Shu yilning aprel oyida O‘zbekistonda inflyatsiya yiliga 10,3 foizdan 10,1 foizgacha pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol narxlari bir oyda 0,7 foizga teng bo‘ldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir oyda 0,8 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxi esa 0,4% va 1 foizga o‘sdi. O‘tgan oyda bu yo‘nalishlar 1,5%, 0,3% va 0,7 foizga oshgandi.

Eng yuqori oylik inflyatsiya Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilib, har ikkala viloyatda o‘sish sur’ati 0,9 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinni esa narxlarning o‘zgarishsiz ko‘rsatkichi – 0,8 foiz bilan Buxoro egalladi. Mart oyida yetakchi uchlikni Surxondaryo (1,2%), Navoiy (1%) va Jizzax (1%) egallagandi.

Respublika oziq-ovqat tovarlari orasida o‘simlik yog‘i  3,2%, qo‘y go‘shti 1,8% kabi tovarlar yuqori narx o‘sishi qayd etilgan. Shuningdek yo‘lovchi tashish xizmatlari 5,1 foizga, metan 2,6 foizga qimmatlagan. Propan (8,7 foizga) va benzin (0,4 foizga) esa arzonlagan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 10,3% gacha tezlashgani haqida yozgandi.