AQSh va Ukraina strategik minerallar bo‘yicha bitim imzoladi

eʼlon qilindi
Ukrainada investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
AQSh va Ukraina strategik minerallar bo‘yicha bitim imzoladi / Foto: Pierre Crom/Getty Images

AQSh va Ukraina iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi muhim bitimni imzoladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, AQSh Ukrainadagi noyob yer minerallariga kirish huquqini oladi, evaziga esa Ukrainada investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bitimga ko‘ra, yer osti boyliklariga egalik va nazorat to‘liq Ukrainada qoladi. Ikkala davlat jamg‘armaga teng miqdorda hissa qo‘shib, uni birgalikda boshqaradi. Kelishuv Ukrainani iqtisodiy tiklash va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ayni paytda AQSh kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ukraina 22 turdagi strategik mineral resurslarga ega bo‘lib, ular elektronika, toza energiya va harbiy sanoat uchun muhim sanaladi. Bu bitim G‘arb davlatlari uchun Xitoyga alternativ manba yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib olgan edi.

Shuningdek