Yangiliklar

Banklarning yangi reytingi e’lon qilindi

2025-yil I choragiga ko‘ra
Banklarning yangi reytingi e’lon qilindi / Foto: Unsplash

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yilning birinchi choragi uchun «Banklar faollik indeksi»ni e’lon qildi. Bu reytingda 35 ta tijorat banki ishtirok etdi: 20 tasi yirik, 15 tasi kichik bank.

Yirik banklar orasida «Kapitalbank» birinchi o‘rinda qoldi. «Hamkor bank» ikkinchi, «Asia Alliance Bank» esa uchinchi o‘rinni egalladi. Yangi qo‘shilgan «Anor bank» to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. «Trust bank» esa kuchli beshlikni yopdi.

Biroq ayrim banklar pastladi. «O‘zmilliy bank» va «Mikrokreditbank» 6 pog‘onaga tushib ketdi. Bu esa moliyaviy barqarorlik va boshqaruvda muammolar borligini ko‘rsatadi.

Kichik banklar ichida «Universalbank» yetakchilikni saqlab qoldi. «Hayot bank» katta sakrash bilan ikkinchi o‘ringa chiqdi, «TBC Bank» esa uchinchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mart oyida O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatkichlari qanchaga oshgani haqida yozgan edik.