Yangiliklar

Birinchi chorakda General Motors sof foydasi pasaydi

Choraklik daromadi $44 milliardga yetdi
General Motors
Birinchi chorakda General Motors foydasi qariyb $3 milliardga qisqardi / Foto: emyu21 / depositphotos

2025-yilning birinchi choragida General Motors (GM) kompaniyasi sof foydasi kamayganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotlarida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yanvar – mart oylaridagi sof foyda $2,78 milliardni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida $2,98 milliard bo‘lgan. Biroq aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda 2024-yilgi $2,56 dan oshib, $3,35 ga yetdi.

Kompaniyaning choraklik daromadi $44 milliardga yetib, o‘tgan yilga nisbatan $1 milliardga oshdi. Bu natija bozor kutilmalaridan yuqori bo‘ldi. Bozor o‘rtacha $43,2 milliard daromad kutgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan General Motors 900 mingga yaqin avtomobilini chaqirib olayotgani haqida yozgandi.