
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 900 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 20,16 so‘mga tushdi.
30-aprel kuni esa o‘rtacha kurs 12 920,16 so‘m bo‘lib, 13 so‘mga tushdi.
Dollar kursi bu haftani keskin pasayish bilan boshladi: 28-aprel kuni o‘rtacha kurs 12 948,10 so‘m bo‘lib, 9,04 so‘mga tushgandi. 29-aprel kuni esa kurs 12 933,36 so‘m bo‘lib, 14,94 so‘mga oshdi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 86,12 soʻmga tushib, 14 595,06 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,29 soʻmga pastlab 157,32 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 1-may kuni bir AQSh dollarini 12 845 – 12 920 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 925 – 12 980 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda bir hafta davomida valyuta kurslari qanday oʻzgargani haqida yozgandi.