Dunyoda harbiy xarajatlar rekord darajada oshdi

eʼlon qilindi
AQSh birinchi o‘rinda
Dunyoda harbiy xarajatlar rekord darajada oshdi / Foto: Espritdecorps

2024-yilda global harbiy xarajatlar 9,4 foizga o‘sib, $2,7 trlnga yetdi. Bu Sovuq urushdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya yozmoqda CNN.

Stokgolmdagi Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Instituti hisobotiga ko‘ra, urushlar va ziddiyatlar kuchayayotgan bir paytda dunyo tobora qurollanmoqda.

Eng ko‘p harbiy mablag‘ sarflagan davlatlar orasida AQSh birinchi o‘rinda turib, 2024-yilda deyarli $1 trln ajratgan. Xitoy esa $314 mlrd bilan ikkinchi o‘rinda. Isroil, Rossiya, Hindiston va NATO davlatlari harbiy byudjetlarini sezilarli darajada oshirgan.

Xitoyning harbiy kuchini kuchaytirishi Osiyo mintaqasida ham qurollanish poygasini jadallashtirmoqda. Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya va Tayvan ham xarajatlarini ko‘paytirdi.

Mutaxassislar global qurollanish poygasi xavfli tus olayotganini ta’kidlamoqda. SIPRI vakili Nan Tian so‘zlariga ko‘ra, «qurollanishga ortib borayotgan investitsiyalar mintaqaviy mojarolar xavfini kuchaytiradi.»

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Vengriya mudofaa sohasida hamkorligi haqida yozgan edik.

Shuningdek