Gadjetlar

Gemini AI Apple Iphone’da paydo bo‘lishi mumkin

Apple va Google o‘rtasida Gemini uchun moliyaviy kelishuv bo‘ladimi – noma’lum
Gemini AI
Gemini AI Apple Iphone’da paydo bo‘lishi mumkin / Foto: Sammobile

Google bosh direktori Sundar Pichai sud jarayonida Gemini AI 2025-yil oxirigacha iPhone’da ishlashini kutayotganini tasdiqladi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Apple birinchi navbatda OpenAI’ning ChatGPT modelini qo‘llaydi, biroq foydalanuvchilarga keyinchalik Gemini va ChatGPT o‘rtasida tanlash imkonini berishi mumkin. Apple va Google o‘rtasida Gemini uchun moliyaviy kelishuv bo‘ladimi – noma’lum.

Hozirda Google Galaxy telefonlariga Gemini AI’ni oldindan o‘rnatish uchun Samsung’ga katta miqdorda to‘lov qilmoqda. Shu bilan birga, Apple OpenAI’ga to‘lamaydi, OpenAI esa iPhone foydalanuvchi bazasiga bepul kiradi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Samsung bu sun’iy intellekt bo‘yicha eksklyuziv ustunligini yo‘qotadi va Perplexity kabi muqobil AI modellarini qo‘shishga turtki oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google bolalar uchun Gemini sun’intellekt xizmatini ishga tushirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.