Samsung Galaxy A26’ning 6 GB operativ xotirali yangi variantini taqdim etdi

1-may 2025 14:24 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Galaxy A26
Samsung Galaxy A26 ning 6 GB operativ xotirali yangi variantini taqdim etdi / Foto: Samsung

Samsung Hindistonda Galaxy A26 smartfonining 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan yangi, arzonroq variantini taqdim etdi. Bu haqda Sammobile nashri malum qildi.

Ushbu modelning narxi 23 499 rupi (taxminan $278 ) etib belgilandi va u shu kungacha taqdim etilgan eng qulay narxli Galaxy A26 bo‘ldi.

Bu smartfon 6,7 dyuymli Super AMOLED displey, Exynos 1380 protsessori, 5000 mA/soat batareya va 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Telefon Android 15 va One UI 7.0 operatsion tizimi asosida ishlaydi hamda 6 ta asosiy yangilanishni oladi.

Yangi model Samsung.com, Samsung Shop ilovasi va Hindiston bo‘ylab vakolatli do‘konlarda sotuvga chiqarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy A26 uchun almashuv dasturi orqali chegirmalar e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek