Toshkentdagi yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi – video

eʼlon qilindi
Kichik sanoat zonasida joylashgan zavodda sodir bo‘lgan
Foto: Unsplash

1-may kuni Toshkent shahridagi «Yakkasaroy» kichik sanoat zonasida joylashgan sintetik plomba ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

O‘t o‘chirish xizmatlari yong‘in joyiga soat 7:04 da yetib kelgan. Ularning harakatlari tufayli yong‘in bir soat ichida o‘chirilgan.

Video: Kursiv Uzbekistan

«Yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, yong‘in joyini o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan», – deyiladi vazirlik axborotida.

Video: TashkentLand Telegram kanali

Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 17-aprel kuni kechqurun Toshkent shahri Yalang‘och mavzesida Tesla rusumli elektromobilda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek