Yangiliklar

Xpeng «Iron» odamsimon robotini taqdim etdi

Elektromobil yig‘ishda yordam beradi

«Iron»
Xpeng «Iron» odamsimon robotini taqdim etdi / Foto: CarNewsChina

Xpeng 2025-yilgi Shanxay avtosalonida o‘zining eng so‘nggi odamsimon roboti «Iron»ni namoyish qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri malum qildi.

Bu robot allaqachon kompaniya avtomobil ishlab chiqarish liniyalarida ishlay boshladi va elektromobil yig‘ishda yordam beradi.

«Iron» 1,73 metr bo‘y, 70 kg vaznda bo‘lib, 60 ta bo‘g‘in, 200 daraja erkinlik va 3000 TOPS hisoblash quvvatiga ega. U Xpeng’ning «Turing AI chip» va «Tianji AIOS» tizimi asosida ishlaydi, ilg‘or «Eagle Eye» ko‘rish tizimi bilan jihozlangan.

Kompaniyaning aytishicha, robot nafaqat ishlab chiqarishda, balki chakana savdo, ofis va uy muhitida shaxsiy yordamchi sifatida ham xizmat qilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kawasaki kelajak robot oti konseptini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edi.