2-may kuni O‘zbekistonda iliq ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Farg‘ona vodiysi hamda tog‘li hududlarda yomg‘ir ehtimoli bor
2-may kuni O‘zbekistonda iliq ob-havo kutilmoqda / Foto: Pexels.com

2-may kuni O‘zbekistonning barcha hududida havo biroz bulutli bo‘lib, aksariyat joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, poytaxt Toshkentda kun quyoshli bo‘lib, havo 29-31° gacha isiydi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda harorat 28-33° bo‘lib, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham shunga o‘xshash holat: kuchli shamollar fonida 35° gacha issiqlik bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kun iliq, harorat 28-33°, shamol ayrim joylarda kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo issiq – 30-35°, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda harorat 25-30° atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin, sel-suv toshqin xavfi mavjud. Harorat esa kunduzi 18-23° gacha ko‘tariladi.

Shuningdek