2050-yilda dunyo bo‘ylab qariyb 1 milliard insonsimon robot faoliyat yuritadi

eʼlon qilindi
2035-yilga qadar esa bu raqam 13 mln bo‘ladi
2050-yilda dunyo bo‘ylab deyarli 1 milliard insonsimon robot faoliyat yuritadi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yaratildi

Morgan Stanley tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib odamsimon robotlar bozori yillik $5 trlnlik daromad keltirishi mumkin. Bu hozirgi 20 ta yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisining umumiy daromadidan ikki baravar ko‘pdir, deya xabar berdi Teslarati.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda 2050-yilga kelib 1 mlrdga yaqin inson shaklidagi robotlar ishlatiladi, ularning 90 foizi sanoat va tijorat sohalarida xizmat qiladi. 2035-yilga qadar esa bu raqam 13 mlnni tashkil qilishi mumkin.

Tahlilchilar robotlar, eng avvalo, mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. 2030-yilga kelib ular 40 ming ish o‘rnini egallashi, 2040-yilda esa bu ko‘rsatkich 8,4 mlnga yetishi mumkin.

Tesla kompaniyasi bu yo‘nalishda yetakchi hisoblanib, o‘zining Optimus robotlari orqali bozorda ustunlik qilishni maqsad qilgan. Ilon Maskning aytishicha, 2025-yilda kompaniya 10 – 12 mingta robot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xpeng kompaniyasi tomonidan «Iron» odamsimon roboti taqdim etilgan edi.

Shuningdek