
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi 2025-yil boshidan buyon $3,9 mlrdga oshdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index xabar bermoqda.
2-may holatiga ko‘ra, uning boyligi $17,1 mlrd deb baholanmoqda. U dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 125-o‘rinni egallaydi.
Ma’lumot uchun, Usmonov – USM xoldingining asoschisi va egasi bo‘lib, ushbu xolding tarkibiga «Metalloinvest» (metallurgiya), «MegaFon» (telekommunikatsiya), Udokan Copper (kon sanoati) hamda CRPT (raqamli texnologiyalar) kabi kompaniyalar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmonov Rossiyaning eng boy odamlari o‘ntaligiga kirgan edi.