
Ko‘pchilik o‘rta klassdagi avtomobilni xarid qilish oldidan qiyin tanlovni boshdan kechiradi. Kursiv Uzbekistan nashrining navbatdagi maqolasida Chevrolet Malibu 2 va Kia K5 modellari taqqoslanadi.

Dizayn
Tashqi dizayn | Chevrolet Malibu 2.0T | Kia K5 |
---|---|---|
Uslub | Klasik, konservativ Amerika dizaynida. | Sportiv, keskin chiziqlar bilan futuristik uslubda. |
Old dizayn | Ikki bo‘linmali radiator panjarasi, keng faralarga ega. | «Tiger Nose» panjara, LED chiziqli faralar bilan jihozlangan. |
Old chiroqlar | Oddiy projektor tipidagi chiroqlardan iborat. | Bo‘ylama LED DRL chiziqqa ega. |
Orqa ko‘rinish | Oddiy, yumaloq orqa chiroqlarga ega. | LED «bo‘rtiq» orqa fon chiroqlari, sport uslubida chiroqdan iborat. |
Umumiy profil | Yaltiroq, ammo silliq chiziqlari mavjud. | Past siluetli, tezlikni eslatuvchi dinamik qiyofaga ega. |
Diska dizayni | Klasik uslubda 18-19 dyuymli diskadan iborat. | Sportiv, ko‘p tishli 18-19 dyuymli diska mavjud. |


Ichki dizayn | Chevrolet Malibu 2.0T | Kia K5 |
---|---|---|
Markaziy konsol | 8 dyuymli ekran, klassik tugmalardan iborat | 10.25–12.3 dyuymli ekran, sensorli boshqaruvga ega. |
Salon dizayni | Simmetrik, soddaligi bilan ajralib turadi. | Haydovchi tomoniga yo‘naltirilgan zamonaviy konsoli mavjud. |
O‘rindiqlar | Charm, klassik tikuvli, isitiladigan qulayligi bor. | Sportiv shaklli charm yoki zamsh, isitish/ventilyatsiya imkoniyatlari mavjud. |
Yoritish | Oddiy ichki yoritishga ega. | Ambiyent yoritish (rangli chiziqlar) tizimi mavjud. |
Audio tizimi | Bose (Premier versiyada) tizimi mavjud. | Bose / Krell (modelga qarab) audio tizimlariga ega. |
Raqamli displey | Klassik analog paneldan iborat. | To‘liq raqamli displey, boshqariladigan menyular mavjud. |
Texnik xususiyatlar
Xususiyat | Chevrolet Malibu 2.0T Premier | Kia K5 2.5 GDI / 1.6 Turbo |
---|---|---|
Dvigatel turi | 2.0 L Turbo 4 silindrli DOHC | 2.5 L GDI yoki 1.6 L Turbo GDI |
Ot kuchi | 250 hp / 5300 rpm | 2.5L: 290 hp / 1.6T: 180 hp |
Aylanish momenti | 352 Nm / 2000–5000 rpm | 2.5L: 422 Nm / 1.6T: 265 Nm |
Transmissiya | 9-pog‘onali avtomat | 2.5L: 8AT / 1.6T: 7-pog‘onali DCT |
Yoqilg‘i turi | AI-95 Benzin | AI-95 Benzin |
Yoqilg‘i sarfi (komb.) | ~9 L/100 km | 2.5L: 8.0 L / 1.6T: 7.0–7.5 L |
0–100 km/soat tezlanish | ~6.0 soniya | 2.5L: ~6.2 s / 1.6T: ~7.5 s |
Tormoz tizimi | 4 g‘ildirak diskli, ABS, EBD | 4 diskli, ABS, EBD, ESC |
O‘lchamlar (U x E x B) | 4923 x 1854 x 1463 mm | 4905 x 1860 x 1445 mm |
Og‘irlik (taxminiy) | ~1550 kg | 2.5L: ~1580 kg / 1.6T: ~1490 kg |
Bagaj hajmi | 447 litr | 480 litr |
Multimedia | 8″ MyLink ekran, Apple CarPlay | 10.25″ ekran, Android Auto, Apple CarPlay |
Xavfsizlik tizimlari | AEB, Blind Spot, Rear Cross Alert | Forward Collision Assist, Lane Keep Assist |
Narx
Chevrolet Malibu 2 modelining narxi ikkilamchi bozorda 28,5 ming yevro yoki 415 mln so‘mni (Avtoe’lon) tashkil etadi. Ayni paytda bu modelni zavoddan xarid qilish imkoni yo‘q. Kia K5 avtomobilining narxi esa 380 mln so‘mdan boshlanadi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning mart oyida yanvarga nisbatan ikkilamchi bozorda Malibu’ning kam foydalanilgani $313 ga ($32 313 dan $32 000 ga) arzonlagan. Kia K5 modelida esa o‘rtacha foydalanilgani $1200 ga ($27 500 dan $26 300 ga), ko‘p foydalanilgani esa $900 ga ($26 000 dan $25 100 ga) pastlaganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Gentra va Cobalt yordamida qanday pul topish mumkinligi haqida yozgan edi.