EUROUZ va Beeline Uzbekistan strategik kommunikatsiyalar haqida muloqot uchun ekspertlarni birlashtirdi

eʼlon qilindi
EUROUZ va Beeline Uzbekistan strategik kommunikatsiyalar haqida muloqot uchun ekspertlarni birlashtirdi / Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan raisligidagi EUROUZning Jamoatchilik bilan aloqalar va strategik kommunikatsiyalar qo‘mitasi O‘zbekistonda korporativ va moliyaviy kommunikatsiya amaliyotlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ekspert seminarni o‘tkazdi. Gibrid formatda tashkil etilgan tadbirga 70 ga yaqin ishtirokchi va yetakchi kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, moliya sektori va EUROUZ a’zolaridan yuqori darajadagi ma’ruzachilar yig‘ildi.

Seminar investorlar bilan aloqalar, korporativ shaffoflik va obro‘ni boshqarish sohasida tajriba almashish uchun amaliy platformaga aylandi. Kommunikatsiya mutaxassislari islohotlar, biznes natijalari va uzoq muddatli maqsadlar haqida izchil kommunikatsiya orqali ishonchni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Dastur ikkita ekspert sessiyasini o‘z ichiga oldi: birinchisi moliyaviy shaffoflik va investorlar ishonchiga bag‘ishlandi, ikkinchisi esa davlat, mijozlar, OAV va jamiyat bilan o‘zaro aloqaning keng qamrovli kommunikatsion strategiyalariga bag‘ishlandi.

«Bugungi ochiq uchrashuv EUROUZning O‘zbekiston biznes maydonidagi yetakchi tashkilotlardan biriga aylanganini va o‘z qo‘mitalari orqali milliy darajada sohaviy ekspert guruhlarini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu xususiy sektor ichidagi hamda biznes va hukumat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda navbatdagi muhim qadam hisoblanadi», – dedi EUROUZ bosh kotibi Oybek Shayxov.

Finasia Capital, VEON, Suez, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Montfort Eurasia, NKMK va boshqa tashkilotlar vakillari institutsional ishonchni shakllantirishda xabarlarning izchilligi, rahbariyatning ishtiroki va ma’lumotlarning aniqligining muhimligini ta’kidladilar. Tadbir kommunikatsiyalarning barqaror biznes rivojlanishi uchun asosiy omil ekanini tasdiqladi.

«Bugungi muhokama fintech kompaniyalari strategik kommunikatsiya muloqotida tobora faol ishtirok etayotganini ko‘rsatdi. Bu nafaqat innovatsiyalarni targ‘ib qilish, balki yangi moliyaviy mahsulotlarga ishonchni mustahkamlash uchun ham zarur. Raqamli muhitda shaffoflik, aniq til va davlat institutlari bilan hamkorlikka talab ortib bormoqda», – dedi O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi raisi Nargis Dustmatova.

«Tadbir O‘zbekistonda xalqaro va mahalliy kompaniyalar duch keladigan kommunikatsiya muammolarini chuqurroq tushunishga yordam beruvchi o‘z vaqtida tashkil etilgan muloqot platformasi bo‘ldi. Osiyo taraqqiyot bankining ilg‘or kommunikatsiya amaliyotlarini taqdim etish sharaf bo‘ldi. EUROUZ rahbari Oybek Shayxov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, ko‘plab mutaxassislar ‘sahna ortida’ ishlaydi, lekin katta tajribaga ega. Hamfikrlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati haqiqatan bebaho», – deya ta’kidladi OTB kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Nargiza Alikulova.

EUROUZ va Beeline Uzbekistan strategik kommunikatsiyalar haqida muloqot uchun ekspertlarni birlashtirdi / Foto: Beeline Uzbekistan

«Munozara shuni ko‘rsatdiki, kommunikatsiya biznesni rivojlantirish strategiyasida shunchaki yordamchi funksiya emas, balki uning strategik harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. U ishonchni shakllantiradi, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning xalqaro nufuzini oshiradi. IPO o’tkazishni ko’rib chiqayotgan kompaniyalar uchun jamiyat, bozor va davlat bilan o‘zaro aloqalar uslubi ularning ishlab chiqarish yoki moliyaviy ko‘rsatkichlari kabi baholashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sessiyalar doirasida bildirilgan g‘oyalar O‘zbekistonda shaffoflik, barqarorlik va strategik kommunikatsiyalarning yangi mezonlari uchun yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi mumkin», – deb ta’kidladi EUROUZ qo‘mitasi raisi, «Beeline Uzbekistan» kompaniyasining tashqi aloqalar va reputatsiyani boshqarish bo‘yicha direktori Valentina Butnik.

***

«Unitel» MCHJ 2006-yil 12-sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay (BAA)da joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024, 2025-yillarda Top Empolyer sertifikatiga ega bo‘ldi.

VEON — bu 160 millionga yaqin mijozlarga konvergent aloqa va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 7 foizidan ortig‘i yashaydigan oltita mamlakatda faoliyat yurituvchi VEON odamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ fond birjasida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodimlar ishlaydi. 2006-yilda O‘zbekiston bozoriga kirgandan so‘ng VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. «Unitel» MCHJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn@beeline-uzbekistan

Shuningdek