Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz hamkorlik kengashi sammiti qoldirildi
eʼlon qilindi
Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi

Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz hamkorlik kengashi sammiti noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda «Kursiv» nashriga Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Sammit 5-may kuni Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ushbu formatdagi birinchi sammit 2023-yil iyul oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan. Kengash tarkibiga Fors ko‘rfazi bilan chegaradosh oltita arab davlati: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Bahrayn, Ummon va Qatar kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni Rim papasi Fransisk vafoti munosabati bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga safarini qoldirgani haqida yozgan edi. Hukumat rahbari «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishtirok etishi kerak edi.