Microsoft Xbox narxini oshirdi

2-may 2025 11:58 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Microsoft Xbox narxini oshirdi / Foto: Unsplash

May oyi boshidan Microsoft korporatsiyasi Xbox konsollari va ular uchun ba’zi o‘yin qurilmalari narxini oshirdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar e’lon qilindi.

1-maydan boshlab 512 Gb qattiq diskli Xbox Series S 26,6 foizga oshib, $380 ni tashkil qildi. Kuchliroq Xbox Series X konsoli narxi 20 foizga oshib, $600 gacha ko‘tarildi. O‘yin konsoli boshqaruvchisining narxi $70 dan $80 gacha oshdi.

«Biz bu o‘zgarishlar oson emasligini tan olamiz, lekin ular bozor konyunkturasi va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishini sinchiklab hisobga olgan holda amalga oshirildi», – deyiladi Microsoft bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Sony PlayStation 5 konsoli narxini oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek