O‘zbekiston Jahon matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston jahon matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinni egalladi. Bu haqda Chegara bilmas muxbirlar (RSF) reytingida ma’lum qilindi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda individual islohotlar va liberallashtirish haqidagi bayonotlarga qaramay media makon nazorat qilib kelinmoqda.
RSF tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyo bo‘ylab matbuot erkinligi rekord darajaga yetgan. 160 ta davlatdagi ommaviy axborot vositalari moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, tahririyat xodimlarini qisqartirmoqda yoki faoliyatini butunlay to‘xtatmoqda. 46 ta davlatda media bozori tor doiradagi egalari tomonidan nazorat qilinadi.
Taqqoslash uchun Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rni:
Davlat | Reyting (o‘rin) |
---|---|
Qozog‘iston | 141-o‘rin |
Qirg‘iziston | 144-o‘rin |
O‘zbekiston | 148-o‘rin |
Tojikiston | 153-o‘rin |
Turkmaniston | 174-o‘rin |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkent shahriga «Barqaror» prognozi bilan BB-darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini bergani haqida yozgan edi.