Yangiliklar

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish zarurmi – Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankida jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi
Foto: Google Images

O‘zbekistonga Davlat budjeti yukini kamaytirish va demografik muammolarga bardosh berish uchun pensiya yoshi oshirilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze ma’lum qildi.

Hozirda erkaklar 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda pensiyaga chiqadi. Bu ko‘rsatkichlar xalqaro standartlarga nisbatan past hisoblanadi.

«Pensiya islohoti o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilishi lozim. Hukumat bu borada allaqachon ish boshlagan. Biz ham texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz», – dedi Gvenetadze.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pensiya to‘lovlari davlat xarajatlarining bir qismini tashkil qiladi, aholining o‘sishi esa bu islohotni tobora dolzarb qilmoqda.

«Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq eng avvalo, bu borada konsepsiyani tasdiqlash kerak. Yakuniy qaror tanlangan yondashuvga bog‘liq bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi XVF vakolatxonasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pensiyani avtomatik tayinlash tartibi haqida yozgan edik.