Qozog‘istonda investorlar uchun «oltin viza» joriy etildi

eʼlon qilindi
Mazkur viza mamlakatda 10 yilgacha yashash imkonini beradi
Foto: Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan xorijiy investorlar uchun yangi «oltin viza» tartibi joriy etildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga yoki mahalliy qimmatli qog‘ozlarga kamida $300 ming investitsiya kiritgan shaxslar maxsus vizaga elektron tarzda ariza topshirishi mumkin.

Mazkur viza rezident maqomini olish va 10 yilgacha mamlakatda yashash imkonini beradi. Bu tashabbus xorijiy sarmoyani jalb qilish, biznes muhitini yaxshilash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Qozog‘iston ushbu yondashuv orqali o‘zining ochiqlik va iqtisodiy barqarorlik siyosatini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga elektron viza olish huquqidan mahrum boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek