Saida Mirziyoyeva nufuzli «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati tarkibiga kirdi

eʼlon qilindi
Shayx Zoid nomidagi
Saida Mirziyoyeva nufuzli «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati tarkibiga kirdi / Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi. Bu haqda Mirziyoyevaning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Unga ko‘ra, Saida Mirziyoyeva Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashdi. Bu e’tirofni u O‘zbekistonning tinchlik va birdamlik yo‘lidagi siyosatiga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilganini bildirdi hamda nufuzli xalqaro tashkilotning diniy bag‘rikenglik va insoniylik g‘oyalarini targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasini yuksak baholab, minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva birinchi Orol madaniyati sammitining ochilish marosimidagi ishtiroki haqida yozgan edik.

Shuningdek