Toshkent – Urganch aviareyslari ikki baravarga oshiriladi

eʼlon qilindi
Dam olish kunlari poyezd tarkibiga qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi
Uzbekistan Airwaysʼning reysi kechikadi
Toshkent – Urganch aviareyslari ikki baravarga oshiriladi / Foto: Uzbekistan airports

Shavkat Mirziyoyev Toshkent – Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta topish mushkulligi, narxlar esa yuqoriligini tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi kunda respublikadagi mahalliy aviaqatnovlarning 95 foizi «O‘zbekiiston havo yo‘llari» va «Silk Avia» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qolgan 14 ta reysni esa 4 ta xususiy aviakompaniya bajaradi.

Bunga asosiy sabab sifatida ichki reyslarning tijorat nuqtai nazaridan jozibador emasligi ko‘rsatilmoqda.

Prezident ta’kidlashicha, ichki bozorda raqobatning pastligi sababli Toshkent – Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta topish mushkul, narxlar esa yuqori.

«Bunday sharoitda xorijiy turist emas, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi», – dedi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga xususiy aviakompaniyalarni jalb qilgan holda Toshkent – Urganch qatnovlarini ikki barobar oshirish topshirildi.

Shuningdek, ichki aviareyslarni subsidiyalash mexanizmini ishlab chiqish va barcha rezident kompaniyalarga tatbiq etish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Ichki turizm salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida dam olish kunlari poyezd tarkibiga qo‘shimcha vagonlar qo‘shilib, yo‘lovchi tashish hajmi 1,5 barobarga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urganch aeroporti modernizatsiyasi uchun $223 million yo‘naltirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek