Toshkentda «Otliq kavaleriya» paradi o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
3-may kuni soat 18:00 da
Parad
Foto: Milliygvardiya.uz

Toshkent shahrida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Otliq kavaleriya» paradi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Parad 3-may kuni soat 18:00 da Milliy gvardiya boshchiligida Toshkent shahri hamda viloyati kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokida poytaxtning Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrida 29-apreldan 3-maygacha «Toshkent gullari festivali» o‘tkazilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek