Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi
eʼlon qilindi

Donald Tramp 8-mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni, 11-noyabrni esa Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi. Bu haqda Truth Social tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Men 8-mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni, 11-noyabrni esa Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb o‘zgartiraman», – degan u.
U 9-may G‘alaba kunini nishonlash uchun Moskvaga safar qilish haqidagi mish-mishlarni rad etib, tashrif rejalashtirmayotganini aytgan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tegishli kelishuvlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etilishi haqida yozgan edi.