
Xitoydagi Yanszi daryosida qurilgan «Uch daralar» to‘g‘oni Yer aylanishiga ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Bu haqda Yahoo News ma’lum qildi.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 40 kub kilometr suvni ushlab turuvchi bu ulkan inshoot Yerning og‘irlik markazini o‘zgartirgan va kun davomiyligini 0,06 mikrosekundga uzaytirgan.
2012-yilda qurilishi yakunlangan to‘g‘on 2335 metr kenglikda va 185 metr balandlikda bo‘lib, dunyodagi eng qudratli gidroelektrostansiya hisoblanadi. Olima Benjamin Fong Chao bu o‘zgarishlar sayyoramiz shaklini ham ozgina o‘zgartirganini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar kulgi bilan qarshi olindi. Foydalanuvchilar hazillashib, qo‘shimcha dam olish kuni orzusida ekanliklarini aytishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Yer tortishish kuchini aniqlovchi kvant qurilma yaratilishi haqida yozgan edik.