Xorazmda 10 million tup gujum ekiladi

eʼlon qilindi
49 ta mahala infratuzilmasini yaxshilashga $61 mln jalb qilinadi
Xorazm, gujum
Foto: yuz.uz

Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida mutasaddilarga viloyatda atrof-muhitni yaxshilash maqsadida uch yillik dastur asosida 10 million tup gujum ekishni topshirdi.

Shuningdek, Bog‘ot, Gurlan, Xonqa, Yangibozor, Hazorasp va Urganch tumanlaridagi 49 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya tashkilotlari orqali $61 million mablag‘ jalb qilinadi.

Joriy yilda 70 ta og‘ir mahalla uchun tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga budjetdan 233 milliard so‘m ajratilgan. Bundan tashqari, yana 10 ta mahalla tanlab olinib, qo‘shimcha 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urganchdagi Al-Xorazmiy shaharchasiga 22 metrlik Xorazmiy haykali o‘rnatilishi haqida yozgandi

Shuningdek