Dunyodagi eng katta elektr kemasi suvga tushirildi
eʼlon qilindi
Uning uzunligi 130 metrni tashkil qiladi

Avstraliyaning Xobart shahri portida dunyodagi eng katta elektr kemasi suvga tushirildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Incat tomonidan qurilgan kema Hull 096 deb nomlanadi. U Janubiy Amerika parom operatori Buquebus tomonidan ishlab chiqilgan va Argentina poytaxti Buenos-Ayres va Urugvay o‘rtasida La Plata daryosi bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi. Kemaning loyihaviy sig‘imi 2,1 ming yo‘lovchi va 225 ta avtomobilni tashkil etadi.
Hull 096 faqat batareyalardan olinadigan elektr quvvati bilan ishlaydi. Ularning umumiy massasi 250 tonna, o‘rnatilgan quvvati esa 40 megavatt-soatdan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haier dunyodagi birinchi uch barabanli kir yuvish mashinasini taqdim etgani haqida yozgan edi.