Gvardiola: Husanovga hali vaqt bor

3-may 2025 12:55 eʼlon qilindi

(3-may 2025 21:29 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Husanov
Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yaxshi muvozanat topgani va o‘zbekistonlik futbolchi uchun vaqt endi kelishini ta’kidladi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Abduqodir Husanov so‘nggi bor 30-mart kuni Angliya kubogi chorak finalida «Bornmut»ga qarshi o‘yinda (2:1) maydonga tushgandi. O‘shandan beri u bir daqiqa ham o‘ynamadi, butun aprel oyini o‘tkazib yubordi. Ketma-ket sakkizta o‘yinda zaxirada qolgan.

Gvardiola APL doirasida «Vulverxempton»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 21 yoshli futbolchi bilan bog‘liq vaziyat haqida so‘ralgan.

Murabbiy Angliya kubogi chorak final uchrashuvida Husanovni nima uchun almashtirganini tushuntirib, jamoa yaxshi muvozanatni topgani, hali o‘zbekistonlik futbolchining vaqti kelishini aytdi.

«Almashtirish sabablaridan biri Husanovda sariq kartochka borligi va men tavakkal qilishni istamaganim edi. Chap qanotda biroz bosim o‘tkazmoqchi edik. O‘shanda men Niko Gonsales kerakli darajada ko‘p daqiqa o‘ynashini va Joshko Gvardiol markazga o‘tishini o‘ylamagandim. O‘sha paytda bizda jarohatlar bor edi, albatta, Vitor Reis va Husanov ham bor edi, lekin ular hali juda yosh. Bu shuni ko‘rsatadiki, siz o‘zingizning boshlang‘ich pozitsiyangizni oddiy qabul qila olmaysiz», – degan Gvardiola.

Abduqodir Husanovning keyingi faoliyati yoki qaysidir jamoaga ijaraga berilishi bilan bog‘liq aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Husanov sabab Markaziy Osiyo futboliga qiziqish oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek