«Haj – 2025» mavsumi 13-maydan ochiladi

«Haj – 2025» mavsumi 13-maydan ochiladi. Ziyoratchilar mamlakatning 9 ta shahridan Madinaga to‘g‘ridan to‘ri parvoz qiladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar bermoqda.
Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari (Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali) tomonidan amalga oshiriladi.
Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:
– ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
– emlash ishlari olib borildi;
– guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
– safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
– hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, har bir ziyoratchiga «Haj – buyuk ibodatdir» qo‘llanmasi, nimcha va shu singari ziyoratda asqatadigan narsalar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi tomonidan Haj ziyoratini maxsus ruxsatsiz amalga oshirish yoki bu kabi qonunbuzarliklarga ko‘maklashgan shaxslarga nisbatan keskin choralar e’lon qilingani haqida yozgan edi.