Sport

Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatida yana to‘rt medalni qo‘lga kiritishdi

Ikki nafar hamyurtimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi
Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatida yana to‘rt medalni qo‘lga kiritishdi / Foto: Olympic.uz

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi Peruda o‘tayotgan jahon chempionatida navbatdagi medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ikki nafar hamyurtimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Kumush medal:

  • Marjona Abdumutalova (-59 kg, dast ko‘tarish)
  • Marjona Abdumutalova (-59 kg, ikki kurash)

Bronza medal:

  • Marjona Abdumutalova (-59 kg, siltab ko‘tarish)
  • Hikmatillo Haydarov (-81 kg, dast ko‘tarish)

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada O‘zbekiston yigitlari 8 vazn toifasida kuch sinashadi, qizlar esa uch vazn toifasida chiqish qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.