O‘zbekiston OTMda qancha xorij fuqarolari ta’lim oladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Respublika universitetlarida 6,5 ming hindistonlik fuqaro tahsil oladi

2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 12,5 ming nafar xorijlik tahsil olmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ular orasida xorijliklarning yarmidan ko‘pi Hindiston fuqarolari bo‘lib, 6,55 ming nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, respublika oliy o‘quv yurtlarida 1,4 ming Turkmaniston va 1,2 ming Pokiston fuqarolari tahsil olmoqda.
Fuqarolari O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladigan yetakchi besh davlatga Rossiya (732) va Qozog‘iston (639) ham kirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston – Fransiya universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edi.