O‘zbekistonda mart oyida valyutadagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari oshdi

2025-yil mart oyida banklardagi omonat foiz stavkalarida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
So‘mdagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha yillik stavka 18,8%gacha pasaydi, bu so‘nggi to‘rt chorakdagi eng past darajadir. Uzoq muddatli omonatlar daromadliligi esa 19,3%ni tashkil etdi.
Aholining qisqa muddatli omonatlari 17,2%gacha ko‘tarildi, biroq jismoniy shaxslar uchun o‘rtacha stavka 22,1%da deyarli o‘zgarmadi. Tadbirkorlik subyektlari uchun esa depozit stavkalari 16,4%gacha tushdi.
Valyutadagi omonatlar bo‘yicha stavkalar fevral oyidagi pasayishdan so‘ng tiklana boshladi. Ularning o‘rtacha daromadliligi 4,7%ni tashkil etdi, uzoq muddatli valyuta omonatlari esa 5%gacha yetdi. Korporativ depozitlar bo‘yicha esa 4,5%gacha (+1,1%) o‘sish kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston Markaziy banki yirik bank o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.