Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin boʻlajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatda boʻlajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlangan.
Suhbat davomida Toshkent shahrida beshinchi «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholangan.
9-may Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba sharafiga o’tkaziladigan Moskvadagi tadbirda Shavkat Mirziyoyev va oʻndan ziyod davlatlar rahbarlari ishtiroki kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida yangi tashkil etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rgani haqida yozgan edi.