Toshkentda o‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchiga hukm o‘qildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi 60 yoshli fizika o‘qituvchisini 10-sinf o‘quvchisiga shilqimlik qilgani uchun hibsga oldi. Bu haqda Anhor.uz nashri xabar bermoqda.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, u ikki yil davomida 10-sinf o‘quvchisini ta’qib qilib, sevgi izhorlari va shaxsiy hayoti haqida xabarlar yuborgan.
Sud majlisida u o‘z qilmishini tasdiqlab, zarar yetkazish niyati yo‘qligini aytgan.
Sud erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi («Jinsiy zo‘ravonlik») bo‘yicha aybdor deb topib, besh sutkaga qamoqqa olishga hukm qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Andijonda Qirg‘izistonga yerosti tunnellari qurgan fuqarolarga sud hukmi o‘qilgani haqida yozgan edi.