Yangiliklar

Pekin texnologiya instituti Toshkentda o‘z filialini ochishi mumkin

Chan’an universiteti bilan talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi
Pekin texnologiya instituti Toshkentda o‘z filialini ochishi mumkin / Foto: Restudy

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga xizmat safari uyushtirdi. Safar davomida ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi, deya ma’lum qilmoqda vazirlik.

Xususan, «Tyanfen» kompaniyasi bilan oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi ochilishi bo‘yicha bitim imzolandi, Chan’an universiteti bilan talabalar almashinuvi va xalqaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, Pekin texnologiya institutining Toshkentdagi filialini ochish masalasi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston OTMda qancha xorij fuqarolari ta’lim olishi haqida yozgan edik.