Porsche kompaniyasi boj tariflari tufayli $114 mln zarar ko‘rdi

Porsche kompaniyasi AQShning import avtomobillarga qo‘ygan 25 foizlik tariflari natijasida jiddiy moliyaviy muammolarga uchradi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, birinchi chorakda avtomobil sektoridagi operatsion foyda 43,8% ga, umumiy foyda esa 40,5% ga pasaygan. Xitoydagi sotuvlarning kamayishi va AQShning savdo siyosatidagi noaniqlik kompaniyaning global natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Kompaniya 2025-yil uchun daromad prognozini 37–38 mlrd yevrogacha pasaytirdi. Yangi tariflar kompaniyaga aprel va may oylarida $114 mln zarar keltirgan.
Ma’lumot uchun, Porsche tariflarning kuchga kirishidan oldin AQShga yetkazib berishni oshirgani bilan, mahalliy ishlab chiqarish yo‘qligi sababli narxlarning oshishini oldini olish mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Porsche Macan endilikda faqat elektr versiyada chiqarilishi haqida yozgan edik.