
Soliq mobil ilovasi ketma-ket uchinchi bor «Yil brendi» mukofotini qo‘lga kiritdi. Ilova 2022 va 2023-yillarda ham eng yaxshi brend sifatida e’tirof etilgan edi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, ilova foydalanuvchilari soni 10 mlnga yaqinlashdi. App Store va Play Marketda yuklab olishlar soni bo‘yicha O‘zbekistondagi eng ommabop moliyaviy ilovalardan biri bo‘lib turibdi.
Soliq ilovasi bugungi kunda 36 ta raqamli xizmatni taklif qilmoqda. Ulardan ayrimlari – ma’lumotnomalarni olish, soliq hisobotlarini ko‘rish va nazorat qilish imkoniyati.
Shuningdek, ilovada tadbirkorlar uchun maxsus «Soliq Biznes» bo‘limi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida «Mening uyim» xizmati ham mavjud. Ilovaning doimiy takomillashuvi uning muvaffaqiyatiga asosiy omil bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lashi haqida yozgan edik.