
4–5-may kunlari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan savdo va bozor majmualarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Mashg‘ulotlar «Parkent Universal savdo kompleksi», «Gumbaz Qurilish Savdo Majmuasi» va «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» hududlarida rejalashtirilgan bo‘lib, turli vaqtlarda amalga oshiriladi. FVV fuqarolarni hamda bloger va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ushbu mashg‘ulotlar chog‘ida yolg‘on xabarlar tarqatmaslikka, mavjud ma’lumotlarni esa mas’uliyat bilan talqin qilishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Izboskandagi gaz portlashi uch kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.