5-may kuni ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

5-may kuni butun respublika hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ko‘plab viloyatlarda shamolli ob-havo kuzatiladi, deya ma’lum qilmoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi esa 33-35° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kechishi mumkin. Harorat 32-37° gacha yetadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kuchli shamol va yuqori harorat – 35-40° gacha issiq kuzatiladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo iliq va sokin, kunduzgi harorat 32-37° oralig‘ida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kunduzi 40° gacha yetadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida nisbatan salqinroq – kunduzgi harorat 30-35° bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa bahoriy salqinlik saqlanib qoladi – kunduzi 22-27° atrofida.