Yangiliklar

5-may kuni ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Tog‘li hududlarda esa 22-27° atrofida bo‘ladi
5-may kuni ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin / Foto: Pexels.com

5-may kuni butun respublika hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ko‘plab viloyatlarda shamolli ob-havo kuzatiladi, deya ma’lum qilmoqda «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi esa 33-35° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kechishi mumkin. Harorat 32-37° gacha yetadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kuchli shamol va yuqori harorat – 35-40° gacha issiq kuzatiladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo iliq va sokin, kunduzgi harorat 32-37° oralig‘ida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kunduzi 40° gacha yetadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida nisbatan salqinroq – kunduzgi harorat 30-35° bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa bahoriy salqinlik saqlanib qoladi – kunduzi 22-27° atrofida.