Yangiliklar

Click ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi

Raqobat qo‘mitasi buyrug‘i bilan
Foto: Click

Raqobat qo‘mitasi «Click» AJni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qaror tegishli buyruq asosida qabul qilingan bo‘lib, u Click kompaniyasining bozor ustunligini belgilaydi. Endilikda kompaniya monopoliyaga qarshi qonunchilik doirasida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishi shart bo‘ladi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tizim kompaniyaning ustun mavqeyidan noqonuniy foydalanishining oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga, kompaniya faoliyati doimiy ravishda nazorat qilinadi va tegishli monitoring olib boriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Tezkor ustun mavqega ega raqamli platforma operatori bo‘lgani haqida yozgandi.