Yangiliklar

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Dollar kursi
Dollar kursi yana ko‘tarildi / Foto: Pixabay

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 938,01 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 22,94 so‘mga oshdi.

2-may kuni esa o‘rtacha kurs 12 915,07 so‘m bo‘lib, 15,07 so‘mga yuqoriladi.

Dollar kursi o‘tgan haftani pastlash bilan boshladi: 1-may kuni o‘rtacha kurs 12 900 so‘m bo‘lib, 20,16 so‘mga tushdi. 30-aprel kuni esa 12 920,16 so‘m bo‘lib, 13 so‘mga tushdi. 29-aprel kuni esa kurs 12 933,36 so‘m bo‘lib, 14,94 so‘mga oshdi. 28-aprel kuni o‘rtacha kurs 12 948,10 so‘m bo‘lib, 9,04 so‘mga tushgandi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 13,10 soʻmga yuqorilab, 14 673,00 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 2,30 soʻmga oshib 158,73 soʻmga teng boʻldi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 5-may kuni bir AQSh dollarini 12 800 – 12 905 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 930 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.