Yangiliklar

Endilikda bojxona yig‘imlari fiskal maqsadda undirilmaydi

jst
Prezident farmoni bilan
Jahon savdo tashkiloti
Endilikda bojxona yig‘imlari fiskal maqsadda undirilmaydi / Foto: koydesign / depositphotos.com

Prezident farmoni bilan endilikda bojxona yig‘imlari fiskal maqsadlarda undirilmaydi. Bu borada ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolik jarayonini yanada jadallashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarga berilgan maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilinadi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun muvofiqlikni deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi.

Shu bilan birga, maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi bo‘yicha talablar xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi oziq-ovqat, asbob-uskuna va texnikalar importida milliy sertifikat talab etilmasligi haqida yozgandi.