Yangiliklar

Endilikda dam olish maskanlarini xususiylashtirish taqiqlanadi

Bu cheklovlarni buzgan holda yer ajratganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda
Foto: Build portal

Endi aholining dam olishi va madaniy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan davlat mulki bo‘lgan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi. Bu bo‘yicha qabul qilingan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, aholining dam olishi uchun mo‘ljallangan yerlar endilikda xususiylashtirilmaydi va boshqa shaklda begonalashtirilmaydi. Bunday yerlarda yangi bino yoki inshootlar qurish, mavjudlarini kengaytirish, shuningdek, hududni qisqartirish qat’iyan man etiladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bu cheklovlarni buzgan holda yer ajratganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Yer uchastkalari endilikda asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga ajratiladi.

Shuningdek, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilib, ularning hududida o‘simliklarga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi tasdiqlangani haqida yozgandi.