Humo’ning sobiq rahbari TBC raisi maslahatchisi bo‘ldi
eʼlon qilindi
Yangi maslahatchisi Shuhratbek Qurbonov

Milliy banklararo protsessing markazining (Humo) sobiq rahbari Shuhratbek Qurbonov TBC Boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda o‘zining Linkedin’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qurbonov shu yilning 6-mart kuni o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi. U Humo’ga 2018-yilning dekabr oyida asos solinganidan buyon rahbarlik qilib kelgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aleksey Maksimov Humo to‘lov tizimi rahbari etib tayinlangani haqida xabar bergandi. Ma’lum qilinishicha, u kompaniyani 2028-yil martigacha boshqaradi.